Shartlar
Qisqacha
Kitoblar bepul va shunday qoladi. Koddan xohlaganingizcha foydalaning. Kurs oylik to'lanadi va istalgan oyda to'xtatiladi. Hech kimga ish topib berilmaydi.
Kitoblar
174 bobning hammasi ochiq va bepul. Login talab qilinmaydi, bepul sinov muddati yo'q, keyinchalik pullik qilinmaydi. Kitoblarni o'qish, yuklab olish va boshqalarga ulashish mumkin.
Matn mualliflik huquqi bilan himoyalangan: o'qing va ulashing, lekin o'zingiznikidek sotmang.
Kod litsenziyasi
Kitoblardagi barcha kod MIT litsenziyasi ostida. O'quv loyihangizda ham, ish loyihangizda ham ishlatishingiz mumkin, ruxsat so'ramasdan. Nusxa olib, o'zgartirib, sotsangiz ham bo'ladi.
Kurs va to'lov
To'lov har oy amalga oshiriladi. Sayt to'lovni qabul qilmaydi va karta ma'lumotingizni so'ramaydi — hamma narsa Telegram orqali, to'g'ridan-to'g'ri men bilan.
Shartnoma yo'q. Keyingi oy uchun to'lamasangiz, yopiq kanaldan chiqasiz. Jarima ham, ogohlantirish ham yo'q.
Qaytarish
Oy boshlanganidan keyin birinchi dars o'tmagan bo'lsa, to'liq qaytariladi. Darslar boshlangandan keyin o'sha oy uchun qaytarilmaydi — vaqt allaqachon sarflangan.
Kafolat yo'q
Kursni tugatganingizdan keyin ish topilishiga kafolat bermayman. Maosh, intervyu yoki ofer va'da qilmayman. Buni va'da qilgan har kimga ishonmang.
Men beradigan narsa: material, tekshirilgan uy vazifasi va savolingizga javob. Qolgani sizning ishingizga bog'liq.