Asosiy qismga o'tish

Maxfiylik

Qisqacha

Hisob yo'q, parol yo'q, cookie yo'q. Sayt siz haqingizda hech narsa yig'maydi va serverda hech narsa saqlamaydi. Qaysi boblarni o'qiganingiz faqat shu brauzerda, shu qurilmada qoladi.

Brauzeringizda nima saqlanadi

Faqat ikkita narsa, ikkalasi ham localStorage da:

pysphere-oqilgan

O'qigan boblaringiz ro'yxati. Progress ko'rsatish uchun.

pysphere-tema

Yorug' yoki qorong'i tema tanlovingiz.

Bu ma'lumot menga yuborilmaydi. Men uni ko'rmayman va ko'ra olmayman. Boshqa brauzerda ochsangiz, progress nolda bo'ladi — bu xato emas, shunday ishlaydi.

Tashqi xizmatlar

Saytdan tashqariga ketadigan yagona so'rov — shrift fayllari, ular Google Fonts dan keladi. Bu so'rov sizning IP manzilingizni Google ga ko'rsatadi; har qanday tashqi faylda shunday bo'ladi. Buni yashirmayman, chunki yashirib bo'lmaydi.

Kod saytda bajarilmaydi: siz uni nusxa olasiz va o'z kompyuteringizda ishga tushirasiz. Ma'lumot fayllari ham oddiy yuklab olinadigan fayllar. Hech qanday analitika, reklama yoki kuzatuv skripti yo'q.

Telegram alohida narsa

Menga Telegramda yozsangiz, o'sha suhbat Telegram da qoladi va Telegram ning o'z qoidalariga bo'ysunadi. Men sizning ismingiz va yozganlaringizni ko'raman — bu suhbatning tabiati. Kursga yozilsangiz, to'lov ma'lumotini sayt emas, men qabul qilaman.

O'chirish

Pastdagi tugma localStorage dagi ikkala yozuvni ham darhol o'chiradi. So'rov yuborilmaydi, tasdiqlash kerak emas, qaytarib bo'lmaydi.