Oltita kitob, 174 bob. Hech biri pullik emas.
Har bir kitob bajarilgan koddan qurilgan. Grafiklar chizilgan, natijalar o'lchangan, xato qilingan joylar o'chirilmagan.
ML Kitob
Baseline dan Neural Network gacha. Leakage, metrikalar, cross-validation, xato tahlili. Har bob oxirida nima o'rgandingiz emas, nima sinab ko'rasiz degan savol bor.
MLOps va Data Engineering
Model noutbukda ishlashi bilan ish tugamaydi. Docker, Kafka, Spark, MLflow, CI/CD va monitoring — modelni production ga olib chiqish yo'li.
SQL va Seaborn
SELECT dan window functions gacha, har bir so'rov school.db da bajariladi. Seaborn qismida har bir grafik haqiqiy ma'lumotdan chizilgan.
YOLO va Tracking
Object detection dan ko'p obyektni kuzatishgacha. Kalman filter, ByteTrack, ReID va real loyiha. Og'ir kutubxonalar kerak, shuning uchun ko'p bobi brauzerda ishlamaydi.
OpenCV
Pikseldan hujjat skaneri loyihasigacha. Filtr, kontur, perspektiva. Hamma bobi brauzerda ishlaydi va har bir rasm kod bajarilganda hosil bo'lgan.
Python Muhandisligi
OOP dan keyin nima bo'ladi. venv, mypy, pytest, logging, CI. Kitob davomida ishlaydigan hisobot CLI si quriladi — skript emas, loyiha.
Data Analytics
Excel dan boshlanib dashboard bilan tugaydi. SQL, pandas, A/B testing va statistika. Oltita bob bepul ochiq. To'liq kitob uy vazifalari va capstone loyiha bilan birga keladi — hammasi saytda, o'z hisobingizda o'qiladi.